Shartnomani qanday tuzish!
Avtosaloningiz endi telefoningizda!
Avtomobil xarid qilishning zamonaviy va qulay raqamli platformasi! BuyCar.uz orqali siz rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni mustaqil tanlashingiz va onlayn shartnoma tuzishingiz mumkin. Avtomobillarni 100% to‘lov asosida maxsus aksiya narxlarida, muddatli to‘lov yoki kredit asosida xarid qiling. Barchasi onlayn, tez va qulay!
Platformamiz sizga nimalarni taklif qiladi;
- Rasmiy dilerlarning yagona narxlari va amaldagi aksiyalari.
- Aksiya kunlarida avtomobillar uchun maxsus chegirmali narxlar.
- Xarid qilishning mavjud variantlarini o‘zaro solishtirish imkoniyati.
- Sizni qiziqtirgan avtomobillar haqida batafsil texnik ma’lumotlar.
- Mustaqil ravishda onlayn shartnoma tuzish imkoniyati.
- Onlayn xarid uchun qo‘shimcha bonuslar.
Raqamli platformamiz orqali barcha mavjud savdo takliflari va maxsus shartlarni bir joyda ko‘rishingiz mumkin. Bu esa inson omili sababli biror aksiya yoki foydali taklifdan bexabar qolish ehtimolini kamaytiradi.
Onlayn shartnomani qanday tuzish mumkin!
Hammasi juda oddiy! Buning uchun OneID orqali ro‘yxatdan o‘tish, yuzingizni skanerlash yoki shaxsingizni tasdiqlash uchun qo‘shimcha jarayonlardan o‘tish talab etilmaydi.
Atiga bir nechta oddiy qadamni bajaring:
1. O‘zingizga yoqqan avtomobil brendi, dilerni va modelni tanlang.
2. Avtomobilning komplektatsiyasi (opsiyasi) va rangini belgilang.
3. O‘zingizga qulay to‘lov turini tanlang:
* *«To‘liq to‘lov»** — avtomobilni to‘liq to‘lov asosida xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu usulni tanlang. Aksiya davrida maxsus chegirmali narxlar aynan shu bo‘limda aks etadi.
* «Muddatli to‘lov» — avtomobilni muddatli to‘lov yoki kredit asosida xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu usulni tanlang. Mavjud muddatli to‘lov va kredit takliflari bilan saytimizning «Muddatli to‘lov va kredit» sahifasida yoki rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizda tanishishingiz mumkin.
4. Shaxsni tasdiqlovchi ID hujjatingizdagi QR-kodni skanerlang.
5. Telefon raqamingizni SMS orqali tasdiqlang.
6. «Shartnoma tuzish» tugmasini bosing.
Bo‘ldi! Onlayn shartnomangiz tayyor!
Shartnoma va unga tegishli havola telefoningizga yuboriladi. Shundan so‘ng kompaniya xodimlari siz bilan bog‘lanib, keyingi jarayonlar bo‘yicha batafsil maslahat berishadi.
Muddatli to‘lov va kredit haqida ma’lumot!
Mavjud muddatli to‘lov va kredit dasturlari, boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov muddatlari hamda oylik to‘lovlar haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni saytimizda va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizda muntazam e’lon qilib boramiz.
Bizni Telegram, Instagram va Facebook sahifalarimizda kuzatib boring!
Onlayn xarid qiling va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ling!
BuyCar.uz orqali onlayn shartnoma tuzgan mijozlarni yoqimli bonuslar kutmoqda! Siz avtomobil xarid qilganingizda quyidagi bonuslarga ega bo‘lasiz:
* To‘liq benzin baki.
* Avtomobil oynalariga to‘liq tonirovka.
* Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish — BEPUL!
Muhim ma’lumot!
Platformamiz orqali tuzilgan shartnomalar bir tomonlama rasmiylashtiriladi va sizga hech qanday majburiyat yuklamaydi. Shartnoma belgilangan amal qilish muddati tugagach, avtomatik ravishda bekor qilinadi. Shu sababli shartnoma tuzish uchun OneID orqali ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi!
Yana bir muhim imkoniyat!
Rasmiy dilerlar tomonidan maxsus aksiyalar o‘tkazilayotgan davrda BuyCar.uz saytida «100% to‘lov» variantini tanlab, o‘zingiz belgilagan komplektatsiyadagi avtomobilni e’lon qilingan maxsus chegirmali narxda xarid qilish uchun shartnoma tuzishingiz mumkin. Aksiya narxlari tegishli aksiyalar davrida saytimizda avtomatik ravishda aks etadi.
Tez orada saytimizda aksiyalar haqida avtomatik xabarnomalar ham ishga tushiriladi! Yangiliklarni kuzatib boring va o‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! BuyCar.uz — avtosaloningiz endi telefoningizda! Avtomobilingizni tanlang, onlayn shartnoma tuzing va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ling!